“Islom davlati”(DAISh) terrorchilik guruhi bo`linmalaridan birining rahbari Amerikaning uchuvchisiz samolyotlari aviazarbasi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Terrorchilik guruhi rahbarlaridan biri Jalol Balidi o`tirgan mashinada yana besh nafar jangarilar bo`lgan. Ular Zinjibar shahridan mamlakat janubidagi Shukra shahriga yo`l olgan edi. Bombardimonlar natijasida umumiy hisobda 12 nafar terrorchilar yo`q qilingan.
Yamanda bir necha yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolar urushi ishtirokchilaridan biri “Ansor Alloh” shialar harakati va sobiq prezident ali Abdulloh Solihga bo`ysunuvchi armiyaning ma`lum qismi, ikkinchi tomon esa Saudiya Arabistoni boshchilik qiladigan koalisiya va Prezident Mansur Hodiyni quvib chiqargan askarlar.
Mamlakat janubida esa “Islom davlati” (DAISh) hamda “Arabiston yarim orolidagi Al-Qoida” terrorchilik guruhlari jang qilmoqda.





