AsosiyJamiyat

Ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida yangi video tarqaldi. IIBB rasmiy munosabat bildirdi

'Ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida yangi video tarqaldi. IIBB rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Internet tarmog`ida PPX xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchilari tomonidan ichki ishlar bo`limiga olib kelinayotgan fuqarolar tomonidan noroziliklar bildirilgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur fakt bo`yicha IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

17 yanvar kuni taxminan soat 13.00 da patrul-post xizmati brigadasi 5-otryad 2-batalon xodimi va Milliy gvardiya xizmatchisidan iborat avtopatrulga fuqarolar murojaat qilishdi. Fuqarolar Askiya ko`chasida jamoat joyida spirtli ichimlik ichib janjallashayotgan erkak va ayolga nisbata chora ko`rishni so`rashdi.

Toshkent shahar IIBB PPr rX xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchisi voqea joyiga etib kelishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tartibsizlikni to`xtatish haqida iltimoslaridan so`ng o`zlarini agressiv tutib, ichki ishlar bo`limiga borish talabiga javoban xodimlarni haqorat qila boshlashgan.

Mazkur fuqarolarning shaxslari aniqlandi. Ular 39 yoshli G`ayrat S. va 44 yoshli Feruza S. bo`lganlar. Mazkur tartibbuzarlik bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To`plangan hujjatlar Yakkasaroy tumani sudiga yo`naltirildi.

    Boshqa yangiliklar