AsosiyJamiyat

«Islom Karimov siymosi amaliy san`at asarlarida» nomli ko`rgazma bo`lib o`tadi

'«Islom Karimov siymosi amaliy san`at asarlarida» nomli ko`rgazma bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston amaliy san`at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida joriy yil 25-30 yanvar kunlari «Islom Karimov siymosi amaliy san`at asarlarida» nomli ko`rgazma bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Madaniyat vazirligi ma`lumotiga tayanib.

O`zbekiston va xorijiy davlatlar hunarmandlari tomonidan yaratilgan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov siymosi tushirilgan amaliy san`at namunalari ko`rgazma ekspozisiyasida namoyish etiladi.

Bu asarlar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi muzeyi fondidan o`rin olgan bo`lib, Islom Karimovga xorijiy davlatlar Prezidentlari va xalq hunarmandlari tomonidan sovg`a qilingan amaliy san`at asarlaridir.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi va O`zbekiston amaliy san`at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar