Kosonlik Mahbuba Mo`minova o`zining ikki nafar farzandidan tashqari olti nafar bolaga ham onalik qilmoqda. Mahbuba opaga muammolarini hal etishi uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzaev “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 30 million so`m mablag` ajratdi.
Bugun Mahbuba opaning farzandlariga homiylik qilishni istagan viloyat rahbarlari kiyim-bosh olib berishda va shaharni sayr qildirishdi.
- Hech qachon bu meni farzandim, bu asrab olgan farzandim, deb ajratmaganman, - deydi Mahbuba opa. - Sizlar "qaysi birlari sizni farzandlaringiz?" deb savol berganlaringizga yig`layapman-da. Bugun shahar aylanib, duch kelgan odamlardan eshitganim "rahmat" va "jannati ayolsiz" bo`ldi. Bundan ortiq baxt bormi O`zbek ayoli uchun?
Viloyat hokimi Mahbuba Mo`minovani "Mo``tabar ayol"ko`krak nishoniga tavsiya etishini bildirdi.






