AsosiyDunyo

Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashishiga xiyonat sabab bo`ldi(Foto)

Gollivudning eng chiroyli va namunali oilasi deya tan olingan Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashishi so`nggi kunlardagi eng shov-shuvli yangiliklardan biri bo`ldi. Kutilayotgan ajrimning sababini AQSh OAVlari turlicha izohlamoqda, deb xabar beradi "1News.az".

Shunday qilib, ayrim OAVlarning xabar berishicha, shu vaqtga qadar Joli va Pitning ajralishiga Anjelinaning chidab bo`lmas fe`l-atvori sabab qilib ko`rsatilgan edi. Aslida esa vaziyat tamomila boshqacha.

Joli nikoh shartnomasini imzolashdan avval, agar turmush o`rtog`i Bred Pitt unga xiyonat qilgudek bo`lsa, bolalarga otalik qilish huquqidan mahrum etilishini shart qilib qo`ygan edi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ajrashishga Jolining keniyalik aktrisa Lyupita Niongodan erini rashk qilishi sabab bo`lgan. 50 yoshli Bred Lyupita bosh rolni ijro etgan “12 yil qullikda” filmining prodyuseri edi.

O`tgan yilda bo`lib o`tgan Kinoaktyorlar Gildiyasi mukofotini topshirish marosimida Bred keniyalik aktrisani bir daqiqa ham yolg`iz qoldirmagani Jolini shubhalantirgan.Marosimdan ketayotgan paytda Jolining kayfiyati o`ta tushkun, darg`azab bo`lgan.  

Keyinroq esa Bred va Lyupita Pitning kompaniyasi Plan tomonidan suratga olinadigan dramada yana birga hamkorlikda ishlashi ma`lum bo`lgan edi. Yangi dramatik filmda keniyalik aktrisa prodyuser va bosh rol ijrochisi sifatida namoyon bo`ladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar