AsosiyJamiyat

Majburiy ijro byurosi tijorat bank foydasiga yirik qarzdorlikni undirib berdi

'Majburiy ijro byurosi tijorat bank foydasiga yirik qarzdorlikni undirib berdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Namangan tuman bo`limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida tijorat bank foydasiga yirik qarzdorlik undirib berildi.  

Aniqlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 12.07.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Musaffo Iqlim Trans Servis” fermer xo`jaligidan AT “Invest Finance Bank” foydasiga 258.404,95 AQSh dollarini to`lov kunidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo`yicha va 159.493.121 so`m va 99.201 so`m sud harajatlarini undirish hamda undiruvni garovga quyilgan 1.160.921.670 so`mga qaratish belgilangan. 

Ijro hujjati bo`yicha 02.06.2020 yilda qarzdorga ijro hujjatida ko`rsatilgan talabni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 3 kunlik muddat berilib, bajarmagan taqdirda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi haqida rasman ogohlantirish xati yuborilgan.

Biroq, qarzdor tomonidan sud hujjatida belgilangan talablar ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli, qarzdorning hisob-raqamlariga amaldagi qonunda belgilangan tartibda inkasso topshiriqnomasi qo`yish orqali jami 2 mlrd. 659 mln. 521,2 ming so`m pul mablag`lari bo`lim depozitiga undirilib, undiruvchining tegishli hisob raqamiga yo`naltirildi.

 

    Boshqa yangiliklar