AsosiyJamiyat

"Sergelidagi samosud". Barcha Ishtirokchilar aniqlandi

'"Sergelidagi samosud". Barcha Ishtirokchilar aniqlandi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmog`ida erkak kishining boshqa fuqarolar tomonidan kaltaklanayotganligi, atrofdagi fuqarolar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 17 dan 18 yanvarga o`tar kechasi Sergeli tumani 6-kvartalda sodir bo`lgan janjal ishtirokchilarining barchasining shaxsi aniqlangani haqida xabar berdi.

18 yanvar kuni taxminan soat 23.50 larda 26 yoshli Azimjon K. o`zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobilida tanishlari 32 yoshli Zavqiddin X. va 40 yoshli Zulfiqor X. bilan Sergeli tumani 6-kvartaldagi avtoturargohga kelgan. Shu jarayonda ikki nafar fuqaro – 30 yoshli muqaddam sudlangan Aziz A. va 30 yoshli Xurshid X. alkogol mastlik holatida bo`la turib, avtomobilning yo`lini to`sgan. Buning natijasida fuqarolar o`rtasida janjal boshlangan. Aziz va Xurshid avtomobilning oynalarini sindirib, avtomobilga shikast etkazgan. Shundan so`ng Aziz A. va Xurshid X. fuqarolar Zulfiqor X. va Zavqiddin X.larni urib, ularga tan jarohati etkazishgan. Zulfiqor X.ga tan jarohati etkazish jarayoni shu joydagi ko`p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan videoga olingan va internet tarmog`iga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchilar Aziz A. va Xurshid X.lar ushlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar