Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mirzo-Ulug`bek tumanida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.
2021 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 21.30 da Yuzrabod va Kozeva ko`chalari kesishmasida ikkita transport vositasi: 23 yoshli Islombek D. boshqaruvidagi “Damas” (davlat raqami 10 Y 702 CA) rusumli avtomobil va ishonchnoma asosida 29 yoshli Buxoro viloyatilik Bekzod R. boshqaruvida bo`lgan “VAZ-2115” (davlat raqami 10 E 017 NA) rusumli avtomobillar to`qnashuvi ro`y bergan.
YTH sababli “VAZ-2115” rusumli avtomobil yo`lovchilari – 18 yoshli Buxoro viloyatilik D.B. va 19 yoshli M.J. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko`z yumdilar. Marhumlarning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.
Bundan tashqari, “VAZ-2115” haydovchisi va yo`lovchi 27 yoshli Buxoro viloyatilik Shahrizod Sh. badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildilar.
YTHning taxminiy sababi: “Damas” haydovchisi burilish vaqtida to`g`ri yo`ldan harakatlanib kelayotgan “VAZ-2115” avtomobiliga yo`l bermagan. Natijada “VAZ-2115” boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi daraxtga to`qnashgan.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.






