AsosiyJinoyat

Sirdaryoda erkak xotinini "pul topib kelmayabsan" degani uchun 5 marotaba pichoq urib, o`ldirdi

'Sirdaryoda erkak xotinini "pul topib kelmayabsan" degani uchun 5 marotaba pichoq urib, o`ldirdi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida erkak turmush o`rtog`ini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Shirin shahar Do`stlik mahallasida yashovchi 1958 yilda tug`ilgan fuqaro B.A. 19 yanvar kuni soat 09:00 atrofida Shirin shahar IIBga o`z aybiga iqrorligi to`g`risida ariza bilan murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, 2021 yil 18 yanvar soat 21:00 atrofida B.A. yashash xonadonida 1971 yilda tug`ilgan shar`iy nikohidagi turmush o`rtog`i M.X. bilan o`rtalarida kelib chiqqan og`zaki janjal oqibatida, "pul topib kelmayabsan" degani uchun shu erda bo`lgan oshxona pichog`i bilan uning tanasining turli joylariga jami 5 marotaba urib, uni qasddan o`ldirgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, M.X.ning o`limiga o`tkir sanchib-kesuvchi jism bilan etkazilgan ko`krak qafasida 4 ta va qorin sohasida 1 ta tan jarohatlari oqibatida ichki va tashqi qon ketishi sabab bo`lganligi ko`rsatilgan. Voqea joyidan qonga o`xshash dog`lari mavjud bo`lgan yog`och dastali bir dona oshxona pichog`i ashyoviy dalil sifatida olingan. Ma`lumot uchun, ularning 3 nafar farzandi bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar prokuraturasi tomonidan B.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar