AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda qaysi viloyat etakchi?

'Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda qaysi viloyat etakchi?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra,  2020 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaliklari bo`yicha mahsulotlar etishtirishda qaysi hududlar etakchilik qilmoqda?

  • Qashqadaryoda eng ko`p donli ekinlar etishtirilgan (885 665 tonna mahsulot).
  • Samarqandda eng ko`p sabzavotlar etishtirilgan (1636,3 ming tonna).
  • Samarqandda eng ko`p kartoshka etishtirilgan (626 270 tonna).
  • Surxondaryoda eng ko`p poliz ekinlari etishtirilgan (307 507 tonna).
  • Andijonda eng ko`p meva va rezavorlar etishtirilgan (666 872 tonna).
  • Samarqandda eng ko`p uzum etishtirilgan (555 005 tonna).
  • Samarqandda eng ko`p go`sht (tirik vaznda) etishtirilgan (302 311 tonna).
  • Samarqandda eng ko`p – 1,3 mln. tonna sut etishtirilgan.
  • Toshkent viloyatida eng ko`p – 1503,9 mln. dona tuxum olingan.
  • Xorazmda eng ko`p – 25,6 ming tonna baliq ovlangan.
  • Qashqadaryoda 1 620,5 ming bosh yirik shoxli qoramol mavjud.
  • Qashqadaryoda 4 726,9 ming bosh qo`y va echkilar mavjud.
  • Toshkent viloyatida eng ko`p – 17 219,7 ming bosh parrandalar mavjud.
  • Toshkent viloyatida eng ko`p – 55,5 ming bosh otlar mavjud.

 

    Boshqa yangiliklar