Beregin Suhrob Maqsudovich - “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda "Xorazm HETK” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar S.Beregin "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning Iqtisod va moliyaviy masalalar bo`yicha direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning avvalgi direktori M.Bazarimbetovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






