AsosiyJamiyat

Tunda sodir bo`lgan yong`in tafsilotlari ma`lum bo`ldi

Kecha tungi soat 23:00 da “O`zbekiston pochtasi” AJga qarashli Xalqaro pochta bo`limida kuchli yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergandik.

Yong`in tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida Toshkent shahar IIBB YoHB bo`lim boshlig`i Baxtiyor Po`latov bilan bog`landik.

 - Kecha tungi soat 23:00da Shimoliy vokzal yondosh hududida joylashgan “O`zbekiston pochtasi” AJga qarashli xalqaro filialda kuchli yong`in sodir bo`ldi. Voqea joyiga tezkorlik bilan 12 ta o`t o`chiruvchi mashina safarbar etildi. Hodisa oqibatida 900 kv. metr joy yondi. 2000 kv. metr hudud saqlab qolindi. O`t o`chiruvchilarning tezkorligi sabab ertalabgacha ham o`chirishning imkoni bo`lmagan joyni yigitlar tez fursatlarda o`chirganini alohida ta`kidlash lozim. Yong`in soat 00:44 da to`liq bartaraf etildi. Dastlabki tahminlarga ko`ra, yong`in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan. Hozirda surishtiruv-tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.

 

    Boshqa yangiliklar