1

Toshkentda “Iphone 10”ni qalbaki AQSh dollariga sotib olgan fuqaro ushlandi

Jinoyat 21.01.2021, 12:59
Toshkentda “Iphone 10”ni qalbaki AQSh dollariga sotib olgan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo`limi tomonidan, ATB “Asaka bank”ning valyuta ayriboshlash shahobchasiga 8 dona har biri 50 kupyuralik qalbaki 400 AQSh dollari taqdim qilganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda.

Fuqaro D.S. fuqaro O.I.ning ishonchiga kirib, undan xarid qilgan “Iphone 10” rusumli uyali aloqa vositasi uchun qalbaki 400 AQSh dollari berganligi aniqlanib, D.S.ning yonidan 16 dona 50 va 16 dona 100 kupyuralik qalbaki AQSh dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan D.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1