2021 yil 20 yanvar kuni “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi.
Yangihayot tumani:
- Fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi;
- Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi;
- Toshkent tumanlararo ma`muriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritiladi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali, Mirzo Ulug`bek tuman (Toshkent shahri) hamda Kattaqo`rg`on shahar (Samarqand viloyati) sudlarining bittadan sudya va bittadan sudya yordamchisi shtat birliklari Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudiga o`tkazilishi belgilandi.