AsosiyJamiyat

Qorako`ldagi Xalqaro matematika maktabining iqtidorli yoshlari IT sohasiga jalb qilinadi

'Qorako`ldagi Xalqaro matematika maktabining iqtidorli yoshlari IT sohasiga jalb qilinadi'ning rasmi

Bu haqda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoev Olot tumani markazida Olot, Qorako`l, Jondor va Shofirkor tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashuvda ma`lum qilindi. 

Yig`ilishda Prezidentimiz ijtimoiy sohalarni rivojlantirish masalalariga alohida to`xtaldi. Xususan, Olot tumanida kinoteatr va kutubxonani o`z ichiga olgan Ma`naviyat va madaniyat markazi qurilishi qayd etildi. Shuningdek, maktab, bolalar bog`chasi, tibbiyot muassasalari, ijtimoiy xizmat ob`ektlari barpo etiladi.

Bu yil Qorako`ldagi Xalqaro matematika maktabi rekonstruksiya qilinib, 200 o`rinli yotoqxona qurilishi ta`kidlandi. Bu dargohning iqtidorli yoshlari IT sohasiga jalb qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar