Bu haqda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan Olot tumani markazida Olot, Qorako`l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan o`tkazilgan uchrashuvda ma`lum qilindi.
Davlat rahbari uchrashuvda mahalliy aholining murojaatlarini inobatga olib, Olot-Toshkent temir yo`l qatnovi qayta tiklanishini aytdi.
Shuningdek, Jahon banki ishtirokidagi Olot va Qorako`l tumanlari ichimlik suv ta`minotini yaxshilash bo`yicha 139 million dollarlik loyiha yakunlanib, 265 ming aholi ichimlik suvi bilan ta`minlanadi. Bu ikki tumanda 30 yilda ichimlik suvi ta`minoti 17 foiz bo`lgan, joriy yilda bu ko`rsatkich 90 foizga etadi.






