AsosiyJamiyat

Aholiga ko`mir qay tartibda tarqatiladi?

'Aholiga ko`mir qay tartibda tarqatiladi?'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  "Ko`mir ta`minot" MChJ bosh direktori Aslan Qayumov batafsil ma`lumot berdi.

«Mahalla MFYlar tuman (shahar) hokimliklariga ko`mirga ehtiyojmand xonadonlar va ehtiyoj hajmi haqida ro`yxat taqdim etadi.

Tuman (shahar) hokimliklari ushbu ro`yxatni tasdiqlatish uchun viloyat xokimligiga yuboradi. Viloyat xokimiyatlari energetika vazirligi bilan xamkorlikda reja-grafik ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan grafiklar “O`zbekkumir” AJ va “Ko`mir ta`minot” MChJ bilan kelishiladi.  

Grafik tasdiklangandan keyin mahalla fukarolar yig`ini tomonidan fukarolarga ro`yxat asosida talon beriladi.

Fuqarolar ushblu talon orqali “Ko`mir ta`minot” MChJ tegishli omborlaridan MFY raislari ishtirokida ko`mir sotib oladi».

 

    Boshqa yangiliklar