AsosiyJamiyat

Navoiylik ayol 40 yoshli fuqaroning cho`milayotganini videoga olib, uni tarqatib yuborish bilan qo`rqitib 3 million so`m talab qildi

'Navoiylik ayol 40 yoshli fuqaroning cho`milayotganini videoga olib, uni tarqatib yuborish bilan qo`rqitib 3 million so`m talab qildi'ning rasmi

1987 yilda tug`ilgan Zarafshon shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, millati o`zbek A.M  1981 yilda tug`ilgan  Zarafshon shaharda yashovchi, millati o`zbek fuqaro R.Ani cho`milayotgan holatda videotasvirga tushiradi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilgan.

 Shundan so`ng, olingan videoni uning ish joyi hamda mahallasiga olib borib ko`rsatish va tarqatib yuborishini aytib, undan 3 mln so`m pul talab qiladi. R.Adan  1 mln. 900 ming so`m pulni Zarafshon shahridagi “Mo`jizalar maydonchasi” savdo majmuasi yonida olayotgan vaqtida IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qing`ir yo`llar orqali tirikchilik qilishni o`ziga kasb qilib olgan fuqaro qilmishiga yarasha endi qonun oldida javob beradi. Holat yuzasidan  A.Mga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar