1

Urgut tumani hokimligi xodimi 15 ming dollar bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 21.01.2021, 21:51
Teglar: ​Samarqand
Urgut tumani hokimligi xodimi 15 ming dollar bilan qo`lga tushdi

Fuqaro I.S. DXX Samarqand viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Urgut tumani hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati xodimi N.Sh. va uning sherigi N.I.lar Urgut tumani erkin iqtisodiy zonasi hududida mavjud zaxira er maydonidan 1 gektar er maydoni ajratib berishi evaziga undan 30 ming AQSh dollari miqdorida pullarni berishini talab qilib kelishayotganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.

Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda 20.01.2021 yilda o`tkazilgan tezkor tadbirda, N.Sh. Urgut tumani hokimligi ma`muriy binosi yonida o`ziga tegishli “Lacetti” rusumli transport vositasida sherigi N.I. bilan I.S.dan oldindan kelishilgan 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pullardan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida avtomashina “bardachogi”dan 10 ming AQSh dollari va N.I. cho`ntagidan 5 ming AQSh dollari miqdorida pullar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departament Samarqand shahar bo`limi tomonidan fuqaro N.Sh. va N.I.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1