AsosiyJamiyat

Chiroqchida MIB vakillari bolalarni onasiga qaytardi

'Chiroqchida MIB vakillari bolalarni onasiga  qaytardi'ning rasmi

Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro G.Tag`aeva oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o`rtog`i Z.To`ychievning uyidan ketishga majbur bo`ldi. Voqea tavsilotlarini "darakchi.uz"ga MIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 3 yoshli qizini olib ketishiga turmush o`rtog`i qarshilik qilgan. Shundan so`ng jabrlanuvchi farzandini qonuniy yo`l bilan o`z tarbiyasiga olish uchun sudga murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Chiroqchi tuman sudining voyaga etmagan 2018 yilda tug`ilgan D.Nurmamatovani onasi G.Tag`aevaning tarbiyasiga olib berish to`g`risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo`limi ish yurituvida kelib tushgan.  

Bo`lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga voyaga etmagan farzandini onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to`g`risida yozma va og`zaki ravishda bir necha marotaba ogohlantirilgan. Lekin qarzdor sud qarorini bajarishdan bosh tortgan.

Shunga ko`ra, davlat ijrochilari tomonidan tegishli organlar va xolislar ishtirokida majburiy ijro harakatlari tayinlanib, farzand onasi tarbiyasiga olib berildi hamda ijro hujjati amalda tamomlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar