“Madaniyat va san`at sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki ob`ektlarining ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qaror bilan, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172 ta davlat mulki ob`ektining ro`yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O`zbekkino” Milliy agentligi bilan kelishmasdan, quyidagilarga yo`l qo`yilmasligi belgilandi:
➖ ularning tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog`lari, teatrlar, bolalar musiqa va san`at maktablarining ko`chmas mulklarini xususiylashtirish;
➖ ularning hududidagi er maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olish.
Mazkur turdagi ob`ektlar ularning madaniyat va san`at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi.
Bunda tashabbuskorlarga qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniyat va san`at sohasiga yaqin bo`lgan:
● xizmat ko`rsatish;
● kichik ishlab chiqarish;
● savdo faoliyati turlari bilan shug`ullanishga ruxsat etiladi.






