AsosiyJamiyat

2020 yilda O`zbekistonda qancha turar-joy foydalanishga topshirilgani ma`lum qilindi

'2020 yilda O`zbekistonda qancha turar-joy foydalanishga topshirilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil davomida respublika bo`yicha jami 61,3 mingta yoki 12,7 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

Turar-joylarning asosiy qismi, ya`ni 90,3 % ni uy xo`jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 4,8 % ni, qolgan 4,9 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 68,2 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 82,3 % i qishloq joylarda qurilgan.

    Boshqa yangiliklar