AsosiyJamiyat

O`zbekiston nomzodi Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashiga a`zolikka qo`yildi

'O`zbekiston nomzodi Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashiga a`zolikka qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) Ijroiya kengashining 113-sessiyasida ishtirok etdi.  Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Yig`ilishda O`zbekiston tomon ilgari surilayotgan nomzodlarni targ`ib qilishga doir taqdimot o`tkazildi.

2021-2023 yillar davomida O`zbekiston nomzodini BTT Ijroiya kengashiga a`zolikka qo`yilgan.

Ta`kidlash joizki, tadbir doirasidagi chiqishlarda Kengashga ko`rsatilgan nomzodlar orasida O`zbekistonning imkoniyatlari juda yuqori ekanligi ta`kidlandi.

Tashkilot Ijroiya kengashiga a`zo bo`lish O`zbekistonning global miqyosda turizm sohasida olib borilayotgan siyosatda bevosita ishtirok etishi hamda unda mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilish yo`lida xizmat qiladi.

2023 yilda BTT Bosh Assambleyasi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o`tkazish masalasi ko`tarildi. Buning uchun Samarqand shahrida mavjud va kelasi 3 yilda amalga oshiriladigan keng ko`lamli ishlar haqida ma`lumot berildi. Ushbu taklif qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston birinchi marobta  BMT tarkibidagi tashkilotlarning ilk Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi.

“Bosh Assambleyaga mezbonlik qilish jahon turizm industriyasining etakchi vakillari, ishbilarmonlar va investorlarni O`zbekistonga jalb qilish, 158 ta a`zo davlatning 2 mingdan ortiq delegasiya vakillari tashrifini tashkil etish orqali turizm sohasidan tushadigan daromadni oshirish imkonini beradi”, - dedi O`zbekiston delegasiyasi rahbari – Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduxakimov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar