Avvalroq YHXBB republika bo`ylab yo`llardagi vaziyatdan ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi "Qamchiq" dovonida harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi.
"Qamchiq" dovonida qor yog`ib, havo harorati -16 darajada sovuq. Barcha haydovchilardan:
- qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini;
 - gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklarini;
 - Zaruratsiz tungi vaqtlarda transport vositasida harakatlanmaslikni so`raymiz”,– deyiladi xabarda.
 






