AsosiyJamiyat

Termiz–Darband–Termiz yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yildi, shu munosabat bilan...

'Termiz–Darband–Termiz yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yildi, shu munosabat bilan...'ning rasmi

Joriy yilning 22 yanvaridan Surxon vohasida yo`lovchilarga qulaylik yaratish, transport xizmatlari ko`rsatish ko`lamini yanada oshirish maqsadida yo`lga qo`yilgan Termiz – Darband – Termiz yo`nalishida 6381/6382 sonli shaharlararo poezdi harakatini boshladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, soat 16:50da Termiz temir yo`l vokzalidan harakatini boshlagan ushbu shaharlararo poezd bugun soat 20:03da Darband vokzaliga kirib keladi. Mazkur poezd 23 yanvar kuni ertalab soat 05:22da Darband vokzalidan harakatini boshlab, shu kuni soat 08:42da Termiz temir yo`l vokzaliga kirib boradi.

Bugundan boshlab, mazkur poezd qatnovi yo`lga qo`yilganligi munosabati bilan Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishidagi 80/79-sonli poezdiga Darband vokzaligacha borish uchun ulanadigan qo`shimcha vagonlar bekor qilinadi.

Shuningdek, Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 80/79-sonli hamda Qumqo`rg`on – Sariosiyo  yo`nalishidagi 682-sonli poezdlar harakat jadvaliga ham o`zgartirish kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar