AsosiyJamiyat

Toshkentda qoidani buzgan "Matiz" sabab 4 ta mashina YTHga uchradi

'Toshkentda qoidani buzgan "Matiz" sabab 4 ta mashina YTHga uchradi'ning rasmi

2020 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Kichik xalqa avtomobil yo`lida Ashxobod parki yaqinida to`rtta avtomobil: 35 yoshli Diyor T. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobil (davlat raqami 01 X 853 AA), 46 yoshli Akbarjon A. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobil (davlat raqami 60 U 242 CA), 42 yoshli Dildora I. boshqaruvidagi "Toyota" rusumli avtomobil (davlat raqami 01 R 075 VV) hamda 47 yoshli Stanislav S. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobillar (davlat raqami 01 R 855 YA) to`qnashuvi ro`y berdi.Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda. 
YTH natijasida "Matiz" avtomobili haydovchisi va yo`lovchisi 44 yoshli Baxodir M., “Toyota” haydovchisi, hamda “Nexia” avtomobili yo`lovchilari (36 yoshli Alfiya S. va 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildilar.
YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Ayni vaqtdagi ma`lumotlarga ko`ra, “Matiz” avtomobili yo`l harakati qoidalarini buzgan holda qarama qarshi harakat yo`nalishiga chiqqan.
Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar