AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri o'rinbosari Chortoqda ikki xonadan iborat maktab borligini tan oldi

'Xalq ta`limi vaziri o'rinbosari Chortoqda ikki xonadan iborat maktab borligini tan oldi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tumani, Bog`iston qishlog`ida joylashgan filial – maktabning achinarli ahvoli bo`yicha video tarqalgani va Viloyat XTBning bu bo`yicha izohi xabar qilingan edi. Mazkur ikki xonadan iborat maktab filiali o`rniga 330 o`rinli yangi maktab binosi quriladi. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Ibrohim Jo`raev ma`lum qildi:

«Namangan viloyati Chortoq tumani Bog`iston qishlog`idagi 39-maktabga shaxsan Xalq ta`limi vaziri bilan birga borib, holatni o`rganganmiz. Haqiqatan ikki xonadan iborat maktab.

Biz hisob-kitob qilib, maktab filialini o`rniga zamonaviy-namunaviy loyihada ishlab chiqilgan 330 o`rinli maktab va unga qo`shimcha 12x24 o`lchamli sport zali qurishni rejalashtirganmiz.

Prezident qarori bilan bu maktab Investisiya dasturiga kiritildi. Hozirda maktab loyihasi ishlab chiqilgan. Tuman hokimligi tomonidan maktab uchun er ajratish bo`yicha qaror ham chiqqan. Ya`ni 2 gektar er ajratilgan», dedi vazir o`rinbosari. 

    Boshqa yangiliklar