AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Bolalar Ombudsmani to`g`risida”gi qonun qabul qilinadi

'O`zbekistonda “Bolalar Ombudsmani to`g`risida”gi qonun qabul qilinadi'ning rasmi

2021 yil 18 yanvar kuni O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi” tasdiqlandi

Qarorga ko`ra, Konsepsiyaning maqsad va vazifalari quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

  • yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;
  • muammolarni hal etishga qaratilgan aniq echimlarni ishlab chiqish;
  • aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko`rish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish; 
  • muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.

Qaror bilan tasdiqlangan “yo`l xaritasi”ga muvofiq, “Bolalar Ombudsmani to`g`risida”gi qonunini qabul qilish nazarda tutilgan.

Konsepsiyani amalga oshirish natijasida, jumladan:

  • maktablarda 7-sinf o`quvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf o`quvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan o`quvchilarni davlat va nodavlat o`quv markazlari yordamida kasbga o`rgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
  • madaniyat va san`at bilan muntazam shug`ullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga etkaziladi;
  • yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shug`ullanishiga erishiladi;
  • respublikada 3-7 yoshgacha bo`lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qamrab olinadi;
  • barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman(shahar)larda Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o`zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o`qitiladi;
  • volontyorlik faoliyatining institusional tuzilmalari yaratiladi.

Konsepsiya, erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yo`l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar