1

Sirdaryoda YPX xodimiga pora bergan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 23.01.2021, 20:45
Sirdaryoda YPX xodimiga pora bergan fuqaro qo`lga olindi

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 9 yanvar kuni, belgilangan taqsimotga asosan M-34 avtomobil yo`lining 103-kilometrida xizmat olib borgan YHXB inspektori tomonidan “Guliston-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelgan “VOLVO” rusumli avtomobil to`xtatilib me`yoriy hujjatlari tekshirilganda, Namangan viloyatida joylashgan xususiy korxona tomonidan bir oy muddatga berilgan yo`l varaqasining amal qilish muddati tugaganligini aniqlangan va ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shu vaqtda avtomobilda yo`lovchi sifatida ketayotgan haydovchining qarindoshi H.G`. avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib yuborish evaziga, xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan 500 000 (besh yuz ming) so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bermoqchi bo`lib, taklif qilgan. 

Xodimning bildirgisiga asosan, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Sirdaryo viloyati, Sayhunobod tumani hududida joylashgan jarima maydonchasida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, YHXB inspektori D.I.ga “VOLVO” rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish va rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomani bekor qilish evaziga jarima maydonchasida fuqaro H.G`. 500 000 (besh yuz ming) so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sayhunobod tuman prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi H.G`.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-modda (Pora berish)si 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1