AsosiyJamiyat

Pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi(video)

'Pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi(video)'ning rasmi

Kecha, 22 yanvar kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so`ng, ushbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boshqa barcha talabalarga 14 kun davomida o`z-o`zini izolyasiya qilish rejimini o`tkazish tavsiyasi berilgan.  

O`quv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham ushbu nazorat choralari joriy qilingan. 

Bunda offlayn tartibda ta`limga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barcha 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida ta`limni masofaviy tartibda olishlari belgilangan.

    Boshqa yangiliklar