Bugun, 23 yanvar kuni soat 15:00 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron shahar, Amir Temur shoh ko`chasi, "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining "Angren-Toshkent" yo`nalishida, haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvidagi "Zil-130" rusumli yuk avtomobilida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Ohangaron shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






