Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning, 18 yanvar kuni soat 16:48da “Ziyovuddin-Zirabuloq” temir yo`l bekatlari oralig`i 3819 km.da, “Buxoro-Toshkent” yo`nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezyurar yo`lovchi poezdi yo`nalishi bo`ylab o`ng tomondan 5-vagon 1-oynasiga noma`lum shaxs tomonidan tosh otib sindirilgani aniqlangan.
Shu yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs 2001 yilda tug`ilgan, Samarqand viloyati, Narpay tumani, Axillik mahallasida yashovchi U. X. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.






