AsosiyJamiyat

Keniyalik "Farhod" va andijonlik Shirinlarning farzandiga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

'Keniyalik "Farhod" va andijonlik Shirinlarning farzandiga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi'ning rasmi

2020 yilning 25 dekabr kuni Gana Respublikasi fuqarolari Emmanuel Akvey hamda Sussanna Mfumlarning Andijon shahrida tug`ilgan farzandlari Marven va Arvenlarning tug`ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirilgani haqida xabar bergan edik.

Andijon shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limida keniyalik Jefferson Onguti hamda andijonlik Shirin Satburxonovalarning Andijon shahrida tug`ilgan farzandi Nikole Ongutiga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Andijonviloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Jefferson Onguti Andijon shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limiga uning turmush o`rtog`i Shirin Satburxonova Andijon shahridagi tug`ruqxonada qiz bola farzand ko`rganligini ma`lum qilib, uni tug`ilganligini qayd etishda amaliy yordam so`rab, murojaat qilgan. Uning murojaati FHDYo bo`limi tomonidan tegishli tartibda ko`rib chiqilib, bolaning tug`ilganligi tasdiqlanib, dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.

Ma`lum bo`lishicha, Keniya Respublikasi fuqarosi Jefferson Onguti 2019 yilda AQShlik ko`ngillilar orasida o`quvchilarga ingliz tilini o`rgatish maqsadida kelgan. Ayni paytda Oltiariq tumanidagi Ahmad al-Farg`oniy avlodlari” nomli nodavlat ta`lim muassasasida o`quvchilarga ingliz tilidan saboq bermoqda. Jeffersoning turmush o`rtog`i Shirin Satburxonova esa Farg`ona davlat universitetining chet tillari fakultetida tahsil oladi.

“Shirin bilan bundan bir yarim yilcha, avval do`stlarim orqali universitetdagi qahvaxonada tanishganmanGo`zal qiz birinchi uchrashuvdayoq yoqqani uchun do`stlashish taklifini berganman. U menga yurtingizning tarixi haqida ko`p so`zlab berar, chiroyli joylarga olib chiqardi. Taqdir taqozosi bilan do`stligimiz chin muhabbatga aylandi. Qarama qarshiliklarga qaramay ikkimiz oila qurdik. Shu sababli aksariyat do`stlarim kulishib, meni keniyalik Farhod deyishadi. Men bundan xafa emasman, aksincha xursandman. 19 yanvar kuni muhabbatimiz mevasi dunyoga keldi. Uning ismini Nikola deb qo`ydik. Kim nima desa desin, biz baxtlimiz”, – deydi Jefferson Onguti.

Boshqa yangiliklar