AsosiyJamiyat

Poytaxtda “Spark” va ikki “Kobalt” to`qnashdi

'Poytaxtda “Spark” va ikki “Kobalt” to`qnashdi'ning rasmi

2021 yilning, 25 yanvar kuni soat 09:20da “102” raqamiga kelib tushgan xabarga ko`ra, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko`chasida joylashgan “GOODZONE” do`koni ro`parasida, haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan A.S. “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotib qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1971 yilda tug`ilgan F.B. boshqaruvidagi yana bir “Kobalt” rusumli hamda haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan I.T. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobillar bilan to`qnashgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

To`qnashuv natijasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi I.T. va ushbu avtomobil yo`lovchisi 40 yoshli N.M.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Boshqa yangiliklar