O`zbekistonda Prezident saylovlari oktyabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkazilishi mumkin. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, ushbu masala Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig`ilishida muhokama qilindi.
Amaldagi qonunchilikka ko`ra prezident saylovlari dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasi etib belgilangan.