1

Tayvanda kuchli zilzila yuz berdi

Dunyo 06.02.2016, 11:10
Tayvanda kuchli zilzila yuz berdi

Tayvanda bugun 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 4:00 da 6,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.  Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Zilzila episentri Taynandan 43 kilometr janubiy-sharqiy hududda joylashgan. Zilzila o`chog`i 23 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.  

Er silkinishi oqibatida halok bo`lganlar soni besh nafarga etgani aytilmoqda.

Halok bo`lganlarning jasadi Taynandagi 17 qavatli uy xarobalari ostidan topilgan. Ularning orasida 10 kunlik chaqaloq ham bo`lgan. Qutqaruvchilar maxsus texnika va itlardan foydalangan holda xarobalar ostida qolib ketganlarni topishga urinmoqda.

Ikki million aholi yashaydigan shahardagi yana ko`plab binolar va aholi turar joylari yaroqsiz holga kelgan.

Qutqaruvchilar bergan ma`lumotlarga ko`ra, shahar bo`yicha 15 nafar jabrlanganlar shifoxonalarga joylashtirilgan. Qutqaruv ishlariga 810 nafar harbiy xizmatchilar jalb qilingan

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1