AsosiyJamiyat

"Neksiya"da chaqnagan gaz balloni “Neksiya-3”, "Spark" va ikkita "Matiz"ga shikast etkazdi

'"Neksiya"da chaqnagan gaz balloni “Neksiya-3”, "Spark" va ikkita "Matiz"ga shikast etkazdi'ning rasmi

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 16:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, “Bo`z 2” dahasi 6a-uy qarshisida to`xtab turgan, haydovchi 1985 yilda tug`ilgan J.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo`lgan.

Chaqnash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to`xtab turgan “Neksiya-3”, "Spark" va ikkita "Matiz" rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Chaqnash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar