AsosiyJamiyat

2020 yilda 1 milliondan ortiq fuqaro Bandlikka ko`maklashish markazlariga ish so`rab murojaat qilgan

'2020 yilda 1 milliondan ortiq fuqaro Bandlikka ko`maklashish markazlariga ish so`rab murojaat qilgan'ning rasmi

2020 yilda 1 milliondan ortiq fuqaro Bandlikka ko`maklashish markazlariga ish so`rab murojaat qilgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ma`lum qildi.

“O`tgan yilda Bandlikka ko`maklashish markazlariga 1 mln 96 ming nafar fuqaro murojaat qildi. Ularning 362 ming nafariga ishga joylashish bo`yicha ko`mak berildi, 521 ming nafari vaqtinchalik haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 36 ming nafar fuqarolarga dehqonchilik qilishi uchun subsidiyalar ajratildi, 12 ming nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya berildi”. 

    Boshqa yangiliklar