1

Somalidagi A321 samolyoti bortiga terrorchi qanday qilib bomba olib chiqqani ma`lum bo`ldi

Dunyo 06.02.2016, 11:51
Somalidagi A321 samolyoti bortiga terrorchi qanday qilib bomba olib chiqqani ma`lum bo`ldi

Somalining Daallo Airlines aviakompaniyasiga tegishli A321 samolyoti bortiga harbiy usuldagi portlash moslamasi noutbuk ichida olib chiqilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra,samolyotda portlash sodir etgan terrorchining shaxsi aniqlangan. Bu Somali fuqarosi Abdulloh Abdusalom Borlex ekanligi ta`kidlanmoqda. Aynan mana shu yo`lovchi noutbuk orasiga yashiringan portlovchi moslamani samolyot bortiga olib chiqqan.

Jinoyatchi samolyotga maksimal zarar etkazish uchun eng qulay joyni tanlagan. Shuningdek, portlovchi moslama yoqilg`i baklari yaqinida portlashi ham ta`minlangan.  

Somali hukumati portlashda “Ash-Shabab” terrorchilik guruhining qo`li borligini ta`kidlamoqda. Portlashni sodir etgan shaxsning mazkur terrorchilik guruhiga aloqasi bor-yo`qligi esa hozircha noma`lum.

Eslatib o`tamiz, 2 fevral kuni Somali poytaxti Mogadisho shahri aeroportidan parvoz qilgan A321 samolyoti bortida portlash yuz bergan edi.Portlash oqibatida bir kishi halok bo`lgan va yana ikki kishi yaralangan.

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1