1

Qishga g`amlangan og`ilxonadan naqd 14 kg "nasha" va “marixuana” topildi

Jinoyat 26.01.2021, 10:16
Qishga g`amlangan  og`ilxonadan naqd 14 kg "nasha" va  “marixuana” topildi

2021 yilning 21 yanvar kuni soat 11:30 da Yuqorichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Unda 36 yoshli Dmitriy K.,ning Yuqorichirchiq tumani T.G.Xvan mahallasida joylashgan yashash xonadoni ko`zdan kechirilgan vaqtda, uyning cho`chqaxonasidagi bostirma qismidagi  1 dona 100 litr va 1 dona 60 litr hajmdagi elim idishlarda yashil rangli, o`tkir hidli, ko`rinishidan “nasha” giyohvandlik moddasi o`simligiga o`xshash bo`lgan quritilgan holdagi o`simlik tuplari borligi hamda shu erdagi o`choqda osilgan qozonchada “nasha” giyohvandlik moddasiga o`xshash bo`lgan o`simligini qovurilgan holatda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasi xulosasida, Dmitriy K.,ning uyidan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo`lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va ularning umumiy og`irligi 13899 grammni tashkil qilishi hamda qozondan olingan yog`da qovurilgan “marixuana” giyohvandlik vositasining og`irligi 270,14 gramm ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan  Dmitriy K., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi ( Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Dmitriy K.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (ko`p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotishga suiqasd qilish) bilan ayblov e`lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1