2021 yil 18 yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan №312-reestr tartib raqami bilan“Turizmni rivojlantirish” Assosiasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Yangi tuzilmaga Odilov Dilshodjon To`lqinovich rais etib tayinlandi. Bu haqda "O`zbekiston Eksportchilari" uyushmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dilshodjon Odilov, 2005-2009 yillarda "ICOM" mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, 2006-2009 yillarda "Grand Mir" (4 yulduz) savdo va marketing bo`limi etakchi mutaxassisi, 2009-2013 yillarda esa "Grand Mir" (5 yulduz) savdo va marketing bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga 2013 yil "PosSystems" mas`uliyati cheklangan jamiyati hammuassisi, 2014-2016 yillarda “Gloria Hotel” (4 yulduz) mehmonxona bosh menejeri sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Hozirda, "Dunyo bo`ylab" telekanalining “Ish bor” realiti shousi loyihasi muallifi va shu bilan bir qatorda "HotelPro" mas`uliyati cheklangan jamiyati asoschisi va direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.