2020 yil yanvar-dekabr oylarida O`zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko`rsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.
2020 yilda O`zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past.
O`zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi:
Qirg`iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8%),
Qozog`iston - 424,1 ming kishi (28,2%),
Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4%),
Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4%),
Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4%),
Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1%) va
Belorusiya - 1,6 ming kishi (0,1%)