AsosiyJamiyat

Toshkent va Romitan tumanlarida tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanish holatlari natijasida gaz ta`minoti korxonasi 1 mlrd so`m zarar ko`rgan

'Toshkent va Romitan tumanlarida tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanish holatlari natijasida gaz ta`minoti korxonasi 1 mlrd so`m zarar ko`rgan'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «M.G.» MChJ rahbari M.M. jamiyatga qarashli issiqxonaning tabiiy gaz quvuri 2020 yilning oktyabr oyida gaz ta`minoti korxonasi xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan tamg`alangan bo`lsada, tamg`ani buzib, o`zboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, tabiiy gazdan foydalanganliklari natijasida gaz ta`minoti korxonasiga 1 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Romitan tuman bo`limi tomonidan IIB 
va “Hududgazta`minot” AJ xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. “M.” fermer xo`jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelganligi oqibatida “Hududgazta`minot” AJ manfaatlariga 1,7 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Hisob kitoblarga ko`ra, noqonuniy ravishda foydalanilgan tabiiy gaz kuz- qish mavsumida hududdagi 110 tadan 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta`minlashga etishi ma`lum bo`lgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar