Bugun, 27 yanvarda kunduz kuni O`zbekistonda ob-havo iliq bo`ladi, deb xabar bermoqda "O`zgidromet".
Havo kam bulutli, yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo`nalishda esadi. Havo 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Poytaxtda havo quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 2-7 darajagacha ko`tariladi.






