1

DXX bojxona postidagi jinoiy guruhni qo`lga oldi

Jinoyat 27.01.2021, 11:37
DXX bojxona postidagi jinoiy guruhni qo`lga oldi

DXX xodimlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat bojxona qo`mitasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir O`tkazildi.  Bu haqda UzA xabar bermoqda. 

Unda  Xitoy davlatidan Qozog`iston Respublikasi orqali mamlakatimizga import tovarlarini tashish bilan shug`ullanuvchi avtofura haydovchilarining Toshkent viloyatida joylashgan «Yallama» chegara-bojxona posti orqali o`tishlari jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib, ulardan tovlamachilik yo`li bilan pul undirib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo`yildi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoiy guruh soxta hujjatlar yordamida tovar-moddiy boyliklar importi bilan ham shug`ullanganligi aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbirda guruh a`zolariga tegishli bo`lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 6 ta manzilda tintuv tergov harakatlari amalga oshirildi. Natijada, ulardan 410 ming AQSh dollari, turli ko`rinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikalari hamda bojxonaga oid shubhali hujjatlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda jinoiy guruh a`zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ularning ikki nafar etakchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Shuningdek, tergov harakatlari doirasida guruh faoliyatiga aloqador bo`lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1