AsosiyJamiyat

"Bekat-2"dagi ta`mirtalab holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" izoh berdi

'"Bekat-2"dagi ta`mirtalab holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" izoh berdi'ning rasmi

Bugun, 27 yanvar kuni er usti halqa yo`lining "Bekat-2" metro stansiyasining old tomonidan olingan, ta`mirning buzilgani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, "Bekat-2" stansiyasi atrofidagi drenaj tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar amalga oshirilayotgan paytda, devorning bir qismiga maxsus texnika tomonidan biroz tegib ketganligi bois devor qoplamasi shikastlangan.  

"Toshkent metropoliteni" UK xodimlari tomonidan ta`mirlash-tiklash ishlari olib borildi. Ushbu ishlarni bajarish uchun shikast etkazilgan joydagi deformasiya bo`lgan marmar qismlarini (1,5 m2) almashtirish uchun olib tashlandi.  

Tarqalib ketgan fotosurat aynan ta`mirlash ishlari olib borilayotgan paytda olingan. Ushbu devor qismi to`liq tiklandi.

    Boshqa yangiliklar