AsosiyJamiyat

Aholi uchun ajratilgan ko`mir mahsulotini pullayotgan shaxs qo`lga olindi

'Aholi uchun ajratilgan ko`mir mahsulotini pullayotgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yil 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB boshlig`i nomiga “Qashqadaryo ko`mir ta`minot” MChJ Qamashi ko`mir ombori xodimi bildirgi bilan murojaat qilib, unda, aholi uchun ajratilgan arzonlashtirilgan ko`mir mahsulotini Qamashi temir yo`l bekati hamda ko`mir ombori ishchi xodimlari tomonidan talon-taroj qilinib kelayotganligi aytilgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ushbu xatga asosan 2021 yil 27 yanvar kuni Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbirida shartli xaridor sifatida ishtirok etgan tezkor xodim R.S.ga Qamashi ko`mir omborida ishlovchi 1991 y.t., Qamashi tumani A.Navoiy kuchasida yashovchi M.O. 3 tonna ko`mir mahsulotini hech qanday hujjatlarsiz, o`z manfaatlarini ko`zlab tadbirga jalb qilingan yuk avtomashinasiga ortib, jami 1.000.000 so`m  pullarni o`zlashtirib, talon-toroj qilayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olingan va hujjatlashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar