AsosiyDunyo

Britaniyalik fizik dunyoning oxiri nima bilan tugashi mumkinligini aytdi

'Britaniyalik fizik dunyoning oxiri nima bilan tugashi mumkinligini aytdi'ning rasmi

London Qirollik jamiyati tadqiqotchisi va Manchester universiteti professori, fizik Brayan Koks Erdagi dunyoning oxiri taxminan milliard yil ichida sodir bo`lishi mumkinligini taxmin qildi, deb yozadi "Moskva 24" Britaniyaning Express nashriga asoslanib.

Olimning fikriga ko`ra, Quyoshdagi vodorod zaxiralarining kamayishi sayyoramizning o`limiga sabab bo`ladi. 

Vodorod Quyoshning yoqilg`isidir va u tugashi bilan uning yadrosi qulashni boshlaydi.

"Yulduz kengayadi va Erdagi harorat shunday darajada ko`tariladiki, unda hayot mavjud bo`lishi imkonsiz bo`lib qoladi. Quyosh kengayishda davom etadi, ulkan o`lchamlarga yetadi va butun ufqni to`ldiradi va ehtimol Yerni butunlay qamrab oladi",– deydi olim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar