AsosiyJamiyat

Sardoba toshqinidan jabr ko`rgan aholining uy ajratish haqidagi 724 ta murojaati rad etilgan

'Sardoba toshqinidan jabr ko`rgan aholining uy ajratish haqidagi 724 ta murojaati rad etilgan'ning rasmi

AOKAdagi brifingda  Sardoba toshqinidan jabr ko`rganlarni turar-joy bilan ta`minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarga izoh berildi.

Sirdaryo viloyati hokimi o`rinbosari  O`lmasjon Mamadaminovning ta`kidlashicha, ishchi guruhlari tomonidan uy-joylar taqsimlanishida birinchi navbatda hujjatlarida muammosi bo`lmagani uchun 1 430 ta xonadon egalariga to`g`ridan-to`g`ri berilib, ko`p qavatli uylarning 1-qavatiga birinchi navbatda oilasida nogironligi bo`lgan bolalar yoki og`ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolalar, shuningdek I yoki II guruh nogironi bo`lgan shaxslar va yolg`iz pensionerlar joylashtirilgan.

" - Muammo va kamchiliklari bo`lgan 724 ta hujjatlar Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida ko`rib chiqilib, sessiya qarorlariga asosan uy ajratilishi rad etildi.

 Jumladan, o`rganishlar natijasida 187 tasini — yashaydigan uyi bo`lgani uchun, 232 ta xonadonga tegishli uylar — Qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan yaroqli deb topilgani, 4 ta xonadon — noturar joy bo`lgani, 3 ta xonadon — qurilish qilish mumkin bo`lmagan joyda qurilgani va 298 ta xonadon — qurilishi yakunlanmagan (faqat poydevori bo`lgan yoki 2-3 qator g`isht ko`tarilgan), kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun qurilgan vaqtinchalik uylar (vremyanka) ekanligi aniqlandi», - dedi  hokim o`rinbosari.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar