AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kimyo texnologiyalari markazi tashkil etiladi

'O`zbekistonda kimyo texnologiyalari markazi tashkil etiladi'ning rasmi

“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi. 

 Qarorga ko`ra, quyidagilar “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investisiya loyihasini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Eksimbank (Koreya Respublikasi)ning 40 yilga, 10 yil imtiyozli davr bilan, 0,15 foizli 40 mln AQSh dollari krediti;

 “O`zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlardan Innovasion faoliyatni qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga ajratiladigan malag`larning 50 foizini yo`naltirish hisobidan 13,8 mln AQSh dollari.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil 6 dekabrda mazkur investisiya loyihasini moliyalashtirish to`g`risida Koreya Respublikasining Eksimbanki bilan memorandum imzolangan. 

    Boshqa yangiliklar